07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Agrosеktor
30 Yanvar  2020 2552

Chorvachilik xo‘jaliklariga subsidiya ajratiladi

2020-yil 29-yanvarda O‘bekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4576-sonli «Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, kengash chorvachilik sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati korxonalari hamda chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro hamkorligini ta'minlaydi.

Qarorga muvofiq:

- chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi;

- tadbirkorlarga ekvivalenti 20 milliard so‘mdan oshmaydigan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizigacha, lekin 4 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi.

- Shuningdek, 2020-2022-yillarda davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:

chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga:

- respublikada faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olingan har bir bosh qoramol uchun 1 million so‘m miqdorida;

- xorijiy davlatlardan import qilingan har bir bosh nasldor qoramol uchun 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshi uchun 400 ming so‘m miqdorida;

- «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga:

-  intensiv usulda yetishtirilgan bir tonna baliq mahsuloti uchun 1 million so‘m miqdorida;

-   O‘zbekiston hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarining 50 foizi miqdorida;

-  «Parrandasanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 9 ming so‘mini qoplash uchun, deb xabar beradi Adliya vazirligi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech