23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16 °C

Urbanizatsiya
12 Iyun  2019 1254

Universitet xiyobonida veloyo‘lak tashkil etiladi

Aholining madaniy dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida Samarqand davlat universiteti xiyobonida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Loyihaga ko‘ra, xiyobon bo‘ylab aholining kechki sayr qilishlari uchun ikki tomonlama veloyo‘lak qurilib, zamonaviy favvoralar barpo etiladi. Yoritgichlar ham maskan ko‘rinishiga mos ravishda o‘zgartiriladi, xiyobon markazi turli geometrik shakldagi manzarali bezaklar bilan boyitiladi, sportga jalb etish uchun trenajerlar o‘rnatiladi.

Muhimi, bu yumushlar hyech bir daraxtga ziyon yetkazilmay bajariladi. Aksincha, hududga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi.

Ayni kunda loyihani amalga oshirish ishlari boshlandi. Bu yerda shahar hokimligi, loyiha mualliflari, qurilish va obodonlashtirish idoralari mutasaddilari, nuroniy otaxonlar jam bo‘ldi.

Dastlabki ish Amir Temur haykalidan SamDU biologiya fakultetigacha bo‘lgan hududda loyihada belgilangan ishlar amalga oshirilyapti.

Makzur loyiha bo‘yicha ishlar shu yilning avgust oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech