29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
10 Iyun  2020 1129

Koronavirus dunyo boʻylab: Inqiroz muqarrarmi

Jahon banki prognozlariga koʻra, joriy yilda dunyo iqtisodiyoti koʻrsatkichlari 5,2%ga pasayadi. Bu Ikkinchi jahon urushidan buyon eng katta inqiroz boʻladi, deb xabar beradi The World Bank.

AQSH yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi doktor Entoni Fauchi seshanba kuni koronavirus pandemiyasi hali-beri tugamasligidan ogohlantirdi va Covid-19 ni 35 yillik ish tajribasidagi “eng mudhish kasallik”, deb baholadi, deb xabar beradi CNN.

Guardian axborot manbasining xabariga koʻra, BMT mutaxassislari fikricha, dunyo soʻnggi 50 yilda oziq-ovqat tanqisligining eng ogʻir darajasiga duch keldi. COVID-19 tufayli iqtisodiy tanazzul davom etishi sabab qashshoq aholi qatlamiga shoshilinch ijtimoiy himoya zarur.

Seshanba kuni Braziliya hukumati rasmiy saytida COVID-19 yuqtirganlar va qurbonlar soni haqidagi batafsil maʼlumotlarni qayta tikladi. Bu — statistik koʻrsatkichlar oʻchirib tashlanganligi natijasida yuzaga kelgan qarama-qarshiliklardan keyin va jamoatchilikning axborot olish huquqini toʻliq taʼminlash toʻgʻrisidagi Oliy sud qaroridan soʻng amalga oshdi, deb xabar beradi Reuters.

Xuddi oʻsha manbaning tarqatgan xabariga koʻra, Ozarbayjon hukumati sanitariya-epidemiologik vaziyat yomonlashgani tufayli karantin cheklovlarini 1-iyulga qadar uzaytirishga qaror qilgan.

Al Jazeera tarqatgan xabarga koʻra, Xalqaro valyuta fondi rahbari xususiy kreditorlarni dunyoning eng qashshoq davlatlari qarzdorligi yukini yengillatish harakatlarida Katta-20 talikka qoʻshilishga chaqirgan. U qashshoqlikni toʻxtatish va qayta qurish muqobili — bu defolt ekanini taʼkidladi.

Fransiya aviatsiya sanoatini (Airbus, Air France) qoʻllab-quvvatlash uchun qariyb 17 milliard dollar ajratishga vaʼda berdi va Yevropa pandemiya tufayli jahon aerokosmik poygasida Xitoy va AQSHdan ortda qolmasligi kerakligini maʼlum qildi, deb xabar beradi FR24 News.

CNN tarqatgan xabarga koʻra, Xitoyda Alibaba kompaniyasi yil oxiriga qadar aloqa texnologiyalari boʻlimida qariyb 5 000 ish oʻrnini yaratadi, chunki koronavirus sabab striming, video-qoʻngʻiroqlar va maʼlumotlarni saqlashga boʻlgan talab oshmoqda.

Turkiya bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar hamda 65 yoshdan yuqori keksalar uchun karantin cheklovlarini yengillatdi. Ular soat 10:00dan 20:00gacha uydan chiqishlari mumkin, deb xabar beradi Al Jazeera.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech