27 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,1 °C

Kеyingi avlod
26 May  2020 1277

Shovotda zamonaviy bilim maskani qad rostlayapti

Shovotdagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatining qurilish ishlari qanday ketmoqda?

Joriy yil mart oyida Davlatimiz rahbari Xorazmga amalga oshirgan tashriflari chogʻida Shovot tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab negizida zamonaviy taʼlim maskani qad rostlashi lozimligini aytgan edilar.

Xorazm viloyatidagi ushbu umumtaʼlim maktab-internati oʻz tarixi va eʼtirofga loyiq natijalari bilan xalq orasida obroʻ qozongan. Tashkil etilganiga 44 yil boʻlgan ushbu maktabdan oʻtgan yillarda 100 dan ortiq olim, xususan, 36 nafar fan doktori, 68 nafar fan nomzodi yetishib chiqqan. Xususan, turli yillarda MDH davlatlarida oʻtkazilgan fizika-matematikadan xalqaro olimpiadalarda 30 dan ortiq oʻquvchi qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

2020-yilning 19-martida esa mazkur maktab negizida “Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika-matematika maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qaror bilan bilan maktab internat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga qaratilgan xayrli ishda Adliya vazirligi yetakchi vazifalardan birini bajarib kelyapti.

Qarorda maktabni zamonaviy taʼlim dargohiga aylantirish, unda tahsil oladigan oʻquvchilarni mustaqil fikrli, tashabbuskor, kreativ va xalqaro maydonda oʻzini dadil namoyon eta oladigan ilmli yoshlar sifatida tarbiyalash maqsadi qoʻyilmoqda. Buning uchun yetarli shart-sharoit yaratilishi, xususan, maktabga mahalliy va xorijiy yetuk oʻqituvchilarni jalb qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha qator vazifalar belgilangan edi.

Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan birgalikda xalqaro maktabni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali, oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan qayta jihozlash, shuningdek, maktab uchun 20 oʻrinli turar joy binosi qurish ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Joriy yil 25-mayda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov bilan birgalikda ushbu xalqaro maktabning loyihalash va qurilish-tiklash jarayonlari qanday tashkil etilayotganini yaqindan oʻrgandi. Xalqaro maktabda olib borilayotgan rekonstruksiya, kapital taʼmirlash va qayta jihozlash, shuningdek, maktab uchun 20 oʻrinli turar joy binosini qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Sohaga oid rahbarlar ishtirokida amalga oshirilgan ushbu tashrifda xalqaro maktabning qurilishi boʻyicha olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish hamda qaror ijrosi boʻyicha belgilangan vazifalarni oʻz muddatida va sifatli bajarish lozimligi alohida taʼkidlandi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech