13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Mamlakatimizda
17 Oktyabr  2019 2009

Davlat metsenatlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston Respublikasining “Metsenatlik to‘g‘risida”gi Qonuni  Prezident tomonidan imzolandi (16.10.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qonunga muvofiq, metsenatlik madaniyat va san'at, ilm-fan, ta'lim, ma'rifat hamda ushbu sohalarni rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyatidir.

Jismoniy va yuridik shaxslar metsenatlik faoliyatini ixtiyoriylik hamda bu faoliyatning maqsadlarini erkin tanlash asosida moneliksiz amalga oshirishga haqlidir.

Metsenatlik faoliyati metsenat va metsenatlik ko‘magini oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qonunga ko‘ra davlat metsenatlarga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hamda tariflar bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar berish kabilar orqali ushbu faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Metsenatlik ko‘magi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech