02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Urbanizatsiya
6 Fevral  2020 1579

Davlat qurilish nazoratining yangi tartibi

2020-yil 5-fevralda O‘zbekiston Respublikasining PQ-4586-sonli «Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi  qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yilning 1-aprelidan boshlab qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ob’ektlari uchun xavf-xatarlar toifalari va ob’ektlarning funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, Ob’ektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma'muriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalarga davlat qurilish nazoratini amalga oshirish doirasida qator huquqlar berildi.

Jumladan, inspeksiyalar bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv huquqbuzarliklar aniqlanganda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega.

Shuningdek, quyidagi talab va tartib-taomillar bekor qilinadi:

- 2020-yil 1-martdan boshlab byudjetdan moliyalashtiriladigan ob’ektlardan tashqari kapital ta’mirlash ob’ektlarida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha talablar;

- inspeksiyalar tomonidan qurilishi tugallangan ob’ektlardan foydalanishga ruxsat berish tartibini joriy qilgan holda, ularni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha mavjud tartib-taomillar (belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich), deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech