23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,3 °C

Mamlakatimizda
27 Fevral  2019 1854

Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi belgilandi

Hukumat qarori (170-son, 26.02.2019 y.) bilan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda. 

 

Nizomga muvofiq, turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.

Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan joyga ko‘chib kirishga asos bo‘lgan order asosida o‘n kunda ijara shartnomasi tuziladi.

Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joy maydonidan kelib chiqib turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga eng kam oylik ish haqining 2 foizi, boshqa viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Ijara haqini to‘lash muddati shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u har oyda to‘lanadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech