08 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,8 °C

Ijtimoiy hayot
6 Dekabr  2019 1554

Davlat xizmatlari agentligidan fuqarolar uchun navbatdagi qulaylik

Endi tayyor hujjatlarni olish uchun endi fuqarolar DXMga borishi shart emas.

Mamlakatimiz bo‘ylab “ekspress-xizmat” ishga tushirilib, endilikda zarur hujjatlarni Davlat xizmatlari markaziga bormasdan turib pochta orqali olish imkoni mavjud, deb xabar qiladi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Hozircha ushbu qulaylik tajriba tariqasida:

- sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma'lumotnomalarni olish;

- nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani olish;

- manzil-ma'lumot axborotlarini taqdim etish xizmatlari uchun joriy qilingan.

 Tez orada xizmatlar soni kengayib boradi. Mazkur xizmat faqatgina ixtiyoriy ravishda ko‘rsatiladi. To‘lov mavjud bo‘lgan xizmatlarda ekspress-xizmatdan foydalanishda, arizachiga ekspress-xizmat invoysi va boshqa to‘lov invoysi bir vaqtda beriladi.  Hujjatlarni yetkazib berish ekspress-xizmat narxi 8000 so‘mni tashkil etadi.

Qulaylikdan foydalanish uchun:

1.Arizachining ixtiyoriga ko‘ra, ariza to‘ldirish jarayonida ohirgidan bitta oldingi qadamda (boshqa xizmatlarda oxirgi qadamda bo‘lishi ham mumkin) “Pochta xizmatidan foydalanish” tugmasi bosiladi;

2.Pochta oluvchining ma'lumotlari to‘ldiriladi va yetkazib berilishi kerak bo‘lgan hujjat(lar) tanlanadi;

3.“Davom etish” tugmasini bosish orqali ekspress-xizmatlar uchun to‘lovga invoys shakllantiriladi;

4.“Ariza to‘ldirishni davom etish” tugmasi bosiladi;

5.Ariza to‘liq shakllantiriladi va yuboriladi.

Ma'lumot uchun, Davlat xizmatlari agentligi DXMlarga tashrif buyuruvchi aholi sonini tahlil qilganda, ularning 70 % aynan tayyor hujjatni olib ketish uchun kelganliklari aniqlangan.

Mazkur “ekspress-xizmat” ishga tushirilishi Markazlarda mijozlar oqimining keskin kamayishiga xizmat qilib, ortiqcha navbat kutishning oldini oladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech