30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,5 °C

Voqea-hodisalar
22 Iyul  2020 1442

Bryusselda “Oʻzbek oshi kuni”

Bryusselda Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi tomonidan “Oʻzbek oshi kuni” tashkil etildi.

Tadbirda MDH mamlakatlari elchixonalari rahbarlari, siyosatchi va tadbirkorlar, Yevropa Ittifoqi muassasalari, Yevropaning yetakchi tahlil va taʼlim institutlari vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston – Niderlandiya doʻstlik fondi rahbarlari qatnashdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov mehmonlarni qutlab, bunday tadbirlar madaniyatlararo muloqotni faollashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Tadbirda Oʻzbekiston – Niderlandiya doʻstlik fondi raisi Daliya Chakar soʻzga chiqib, oʻzbek palovining dovrugʻi dunyoda maʼlum, niderlandiyaliklar ham undan bahramand ekanini aytib oʻtdi.

— Yevropada ommaviy tadbirlarga odamlarni toʻplash juda qiyin, — dedi u. — Biroq, “Oʻzbek oshi kuni” uchun Niderlandiyadan Bryusselga kelishni istaganlar koʻpchilikni tashkil qildi.

Ishtirokchilar soni cheklangani sababli, afsuski, biz bu yerga faqat eng faol aʼzolarimizni olib keldik.

Tadbirning boshqa ishtirokchilari ham diplomatik vakolatxonaning ushbu tashabbusini olqishladi. Ularning fikriga koʻra, koronavirus pandemiyasi nafaqat global iqtisodiyotga, balki odamlar oʻrtasidagi jonli muloqotga ham taʼsir qildi.

Oʻzbek milliy taomi palovni tayyorlash jarayoni mehmonlar diqqat markazida boʻldi. Ishtirokchilar osh uchun masalliqlarni tanlash, ularni qovurish, guruch solish va bugʻlash kabi jarayonning davomiyligi bilan qiziqdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech