17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Mamlakatimizda
14 Iyun  2019 324

Deputat propiska masalasi shunday qolmasligini, o‘zgarish bo‘lishini aytdi

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda jurnalistlar propiska olish tartibi, fuqarolarga ikki xil narxda boj belgilangani, agar fuqaro doimiy propiskaga ega bo‘lmasa, ikkilamchi bozorda turar joy sotib ololmasligi va bu holatlar Konstitutsiyaga qanchalik mos ekani haqida savol berdi.

“Shaxsiy fikrimni bildiradigan bo‘lsam, bu noto‘g‘ri, — dedi deputat Ibrohim Hojiev. — Shaxsan o‘zimga va boshqa ko‘p deputatlarga ham aynan shu masalada juda ko‘p murojaatlar kelib tushadi. Sizni ishontirib aytaman, bu masala ham tartibga solinadi. Shu muammo yuzasidan ish olib borayotgan ishchi guruh tarkibida deputatlar ham bor. Bu masala shunday qolmaydi, o‘zgarish bo‘ladi. Albatta bu vaqt talab qiladi, lekin uzoq kutmaysizlar. Bosqichma-bosqich tartibga solinadi. Bu bo‘yicha belgilangan topshiriqlar bo‘lgan”.

Shuningdek, Regulation.gov.uz sayti orqali jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilayotgan qonun hujjatlari loyihalarining aksariyati nega rus tilida ekani, davlat tilidagi varianti yo‘qligi, nega deputatlar shunga munosabat bildirmayotgani, tashabbus ko‘rsatmayotgani xususida ham so‘raldi.

“Do‘stimizning e'tirozlari to‘g‘ri. Ayrim sohalardagi muammolarga vaqt topmayapmiz, — dedi deputat Islom Xushvaqtov. — Jurnalistlar bilan tez-tez uchrashib, ko‘proq muloqot qilishimiz, takliflar olib turishimiz kerak. Bu e'tirozlarni yozib oldik, buni tegishli qo‘mita raisi va Spikerga yetkazamiz”.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech