01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Energetika
5 Mart  2020 641

DXSh asosidagi loyiha yangilik emas

Toshkentda energetika sohasidagi muhim loyihalardan biri bo‘yicha investorlar anjumani bo‘lib o‘tdi.

2020-yil 3-mart kuni elektr energetika sohasidagi loyiha — Sirdaryo viloyatida bug‘-gaz qurilmali (BGQ) elektrostansiyani qurish bo‘yicha video konferensiya shaklidagi investorlar anjumani bo‘lib o‘tdi. Loyiha davlat xususiy sherikchiligi (DXSh) asosida amalga oshirilmoqda.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi qoshida DXSh ni rivojlantirish bo‘yicha agentlik tomonidan Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK, Jahon banki guruhi a’zosi) bilan birgalikda tashkil qilindi. XMK ushbu loyihaning tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Quvvati 1500 MVt ga teng bo‘lgan aralash turdagi siklli elektr stansiyani qurish bo‘yicha taqdim qilinayotgan loyiha O‘zbekistonning energetika sohasida DXSh asosidagi navbatdagi loyihasi hisoblanadi. Hozirgi paytda, xususan, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va Sherobodda quvvati 200 MVt ga teng quvvatli fotoelektr (quyoshli) stansiyalarni loyihalash, moliyalash, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha uchta loyiha amalga oshirilmoqda.

Konferensiyada «Sumitomo», «Mitsui, Engie», «EDF», «Kepco», «AcwaPower», «Hyundai», «Mitsubishi», «Marubeni» kabi yirik xalqaro kompaniyalari vakillari, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlari, jumladan, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, BAA, Quvayt, Ispaniya, Rossiya, Hindiston va Germaniya kabi manfaatdor tomonlar vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda salohiyatli investorlar O‘zbekistonda DXSh asosida amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Investorlar konferensiyasi yakunlari bo‘yicha 31 ta kompaniya tenderda qatnashish istagini bildirdi.

Qayd etish mumkinki, Sirdaryo viloyatida DXSh asosida bug‘-gaz qurilmali elektr stansiyani qurish bo‘yicha tender savdolari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Hukumat bilan elektr stansiyani moliyalash, loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uzoq muddatli bitim tuzish uchun xususiy sherik tanlov yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu davlat-xususiy sherikchilikning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi elektr energiyasi yetkazib berish barqarorligini oshirish va tabiiy gazdan yanada samarali foydalanish imkoninini beradi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech