30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,4 °C

Dolzarb
27 Fevral  2020 711

Diamond Princess laynerida uch nafar rossiyalikning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi

Diamond Princess layneridan Qozon shahriga evakuatsiya qilingan rossiyaliklarning uch nafarida koronavirus kasalligi mavjudligi aniqlandi, deya xabar bergan “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popovaning so‘zlariga tayanib “TASS”.

Popovaning aytishicha, pnevmoniyaga chalingan bemorlarning har biri majburiy tartibda koronavirusga tekshiriladi.

“Ushbu talab mamlakatning deyarli barcha shaharlariga taalluqli”, — deya Popova so‘zlarini keltirgan “Interfaks”.

23-fevral, yakshanba kuni, Tokiodan Qozonga Diamond Princess layneridan sakkiz nafar rossiyalik yo‘lovchi evakuatsiya qilingan. Rossiya Federatsiyasi bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova ularning uch nafarida koronavirusning yengil formasi aniqlanganini aytgandi.

Diamond Princess layneridan Vladivostokga olib kelingan yetti nafar rossiyalik 25-fevral, seshanba kuni, karantinga joylashtirilgan. Diamond Princess kemasi bortida jami 24 nafar Rossiya fuqarosi bo‘lgan. Golikovaning so‘zlariga ko‘ra, ularning muayyan qismi laynerni avvalroq tark etgan, ayrimlari evakuatsiyani rad qilgan.

Diamond Princess 5-fevral kuni Yaponiya bortida gonkonglik yo‘lovchida koronavirus aniqlanganidan keyin karantinga olingan. Layner bortidagi 3700 nafar yo‘lovchidan 600 nafarida infeksiya borligi aniqlangan, 3 nafar odam koronavirus tufayli kemada vafot etgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech