03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Energetika
25 Mart  2020 534

Energetika vazirligi javob beradi

O‘zbekistonda elektr energiyasidan foydalanishda tabaqalashtirilgan tariflar joriy qilinadimi?

Ushbu savolga javob berishdan avval Energetika vazirligi quyidagicha ma’lumot bilan tanishtiradi: Elektr energiyasidan foydalashda tabaqalashtirilgan tariflar ko‘p mamlakatlarda qo‘llaniladi. Ular tariflarni shakllantirish va tegishli ravishda elektr energiyasi haqi to‘lanishining moslashuvchan tizimini joriy qilish imkonini beradi. Iste’molchi yoki kun zonalari bo‘yicha tabaqalashtirilgan  tarif (odatda, kechqurun elektr energiya arzonroq bo‘ladi), yoki bir stavkali tarif (ya’ni, kun davomida elektr energiyaning narxi bir xil bo‘ladi) bo‘yicha shartnoma tuzish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, iste’mol hajmiga ko‘ra tabaqalashtirilgan tarifdan (bazaviy me’yordan foydalangan holda) foydalanishi mumkin.

Javob: O‘zbekistonda joriy qilinayotgan «aqlli hisoblagichlar» – ASKUE tizimi amalda elektr energiyasidan foydalanishda tabaqalashtirilgan tarifga o‘tish imkonini beradi.

Ammo bunday tizimga o‘tish barcha iste’molchilarni 24 soat davomida elektr energiya bilan barqaror ta’minlash to‘liq yo‘lga qo‘yilgan sharoitdagina amalga oshirilishi mumkin. Sir emaski, hozirgi kunda hamon elektr energiyasini uzatishda, xususan, qishloq hududlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu hol aholi zich joylashgan hududlarda elektr energiyasi iste’moli haddan ziyod ko‘payib ketganda kuzatiladi. Energetika vazirligi tomonidan avval ham ta’kidlanganidek, hozirgi paytda bir qator  loyihalar amalga oshirilmoqda, ular elektr energiyasi ishlab chiqarilishini ko‘paytirish va butun mamlakat bo‘ylab barqaror elektr energiyasi ta’miotini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Shunda elektr energiyasidan foydalanishning  tabaqalashtirilgan tarifga o‘tish masalasini hal qilish mumkin bo‘ladi.

Qaysi amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakatda energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlashga yordam beradi? Xususan, ko‘p loyihalar faoliyat yuritayotgan issiqlik elektr stansiyalarda (IES) zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarini (BGQ) joriy qilishga yo‘naltirilgan. Hozirgi paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 95 % tabiiy gazda ishlovchi IES tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Ammo, ularda amal qilayotgan eski texnologiyalar tufayli soat 22:00 dan so‘ng elektr bloklarni o‘chirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa ularni qayta ishga tushirishda ma’lum miqdorda gaz yo‘qotilishiga olib keladi. Kelgusi 5 yil davomida amalga oshiriladigan gaz turbinali texnologiyalarga to‘liq o‘tish gazning isrof bo‘lishini nihoyatda  kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Jahon tajribasidan ma’lumki, bu esa tabaqalashtirilgan kundalik tarifga o‘tishga yordam beradi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech