03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Hukumat
29 Yanvar  2020 1925

Dilshod Saidjanov AOKA direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Prezident Administratsiyasi Rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlisda AOKA direktori v.b. K.Allamjonov va direktor o‘rinbosari S.Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bog‘liq murojaatlarini Prezident Administratsiyasiga kiritishgani va Prezident Administratsiyasi tomonidan ushbu murojaatlari ko‘rib chiqilib, qondirilgani haqida e’lon qilindi.

Tadbir doirasida Agentlik direktori v.b. K.Allamjonov va direktor o‘rinbosari S.Mirziyoyeva o‘z rahbarlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari haqida qisqa hisobot berib, shuningdek, kelajakdagi jamoatchilik yo‘nalishi bilan bog‘liq rejalari borasida fikr bildirishdi.

Majlis yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Nizomiddinov Agentlik tomonidan erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidlab, K.Allamjonov va S.Mirziyoyevalarning respublikamizning OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oshirishda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilishda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan o‘zaro munosabatlari samaradorligini oshirishdagi shaxsiy hissalarini yuqori baholab, O‘zbekiston davlati rivojlanishi yo‘lidagi kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.

Saidjanov Dilshod Madraximovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech