30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
15 Aprel  2020 765

Dizel yonilg‘isi deyarli 2 ming so‘mga arzonlashdi

«O‘zbekneftgaz» AJ dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi bahosini, 14-apreldan e'tiboran 5 600 so‘m sifatida belgiladi va so‘nggi uch oy davomida narx deyarli ikki ming so‘mga arzonlashtirildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan dizel yonilg‘isi bir litrining birjalardagi narxlari 2020-yilning yanvar-fevral oylari (2019- yil davomida o‘rtacha 7 300 so‘m) davomida 7 500 so‘mlik qiymatni saqlab qolgan edi.

Joriy yilning mart oyida esa dizel yonilg‘isi bir litrining birjalarda e’lon qilingan narxi 7 089 so‘mgacha pasaytirildi.

Respublikamizda koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy inqirozni oldini olish, shu bilan birgalikda jahon bozorida neft xomashyosi narxi tushib ketganligi natijasida arzon narxlarda xomashyo import qilindi va bu bilan tannarxning sezilarli darajada kamayishiga erishildi.  

Bundan tashqari fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining agrotexnik ishlarini amalga oshirishlari uchun, «O‘zbekneftgaz» AJ o‘z mablag‘lari hisobidan dizel yonilg‘isi zaxirasini ham yaratdi, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech