31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Mamlakatimizda
2 Aprel  2020 3547

Dizel yonilg‘isi narxi arzonlashdi

Xabaringiz bor, «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 30- martdan «evro-4» va «evro-5» sinfli ekologik toza sifatli dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

2020-yil 1-martidan boshlab «O‘zbekneftgaz» AJning «UNG» milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida dizel yonilg‘isining narxi 200 so‘mga kamaytirilgan edi.

3-apreldan dizel yonilg‘isi narxi 300 so‘mga arzonlashtirilgan holda sotuvga chiqariladi. Guvohi bo‘layotganingizdek, dizel yonilg‘isining narxi bir oy davomida 500 so‘mga pasaydi.

Narxlar masalasida shuni ta'kidlash kerakki, «O‘zbekneftgaz» yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotilayotgan dizel yoqilg‘isi narxidan 11,5% arzondir.

 «O‘zbekneftgaz» AJ narxlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borishda davom etadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Eslatma: Iste’molchilar AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma'lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech