02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Turizm
13 Yanvar  2020 1312

Xitoyga bormoqchi bo‘lganlar va u yerdagilar diqqatiga!

O‘zbekistonning XXRdagi Elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga qaraganda, 2020-yilnig 11-yanvarida Xitoy hukumati koronovirusning yangi turi bilan kasallangan birinchi qurbon — uxanlik shaxs ekanini ma’lum qilgan.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka/13-yanvar. Uxan sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotga qaraganda, bugungi kunga qadar 40 dan ziyod fuqaro ushbu kasallikka chalingan, 100 nafarga yaqini tibbiy nazorat ostiga olingan.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi «koronovirusning ilgari noma’lum bo‘lgan turi» hisoblanadi. Olimlar tomonidan mazkur virus genomi tahlil qilingan.

Elchixonaning Konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik fuqarolar o‘rtasda tushuntirish ishlari olib bordi.

Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoyga xususan, Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizni tegishli ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech