06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Energetika
27 Avgust  2019 929

Ertadan poytaxtimizning 3 ta tumanida yangi elektr hisoblagichlarni o‘rnatish boshlanadi

28-avgustdan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtimizning Chilonzor, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlari iste'molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlarni joriy etish ishlari boshlanadi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Shuni inobatga olgan holda xonadonlarda voyaga yetgan shaxsning bo‘lishini ta'minlash hamda hozirda mavjud hisoblagichlarning ko‘rsatkichini foto suratga olib qo‘yish tavsiya etiladi. 

Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa, Mirobod, Sergeli va Mirzo-Ulug‘bek tumanlaridagi 257 mingdan ziyod aholi iste'molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi.

Alohida ta'kidlash kerakki, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste'molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar  Toshkent shahrining barcha tumanlariga to‘liq o‘rnatib berilishi rejalashtirilgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech