19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Mamlakatimizda
5 Mart  2019 1537

Dori va tibbiyot buyumlari uchun byudjetdan mablag‘ ajratiladi

Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori (185-son, 01.03.2019 y) qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, 2019-yil Davlat byudjeti hamda mahalliy byudjet hisobidan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun mablag‘lar ajratiladi;
  • davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlarida dorilar va tibbiyot buyumlari uchun rejalashtirilgan byudjet mablag‘lari hududiy sog‘liqni saqlash organlariga xarajatlar smetasining tegishli satrida jamlanadi.

“O‘zmedimpeks” DUKga dorilar va tibbiyot buyumlarini yetkazib berganlik uchun respublika byudjetidan mablag‘lar ajratiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech