19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,5 °C

Dolzarb
6 Sentyabr  2019 704

Bagamadagi «Dorian» to‘foni qurbonlari soni 30 kishiga yetdi

Bagama orollari bosh vaziri Gubert Minnis Bagamadagi «Dorian» to‘foni qurbonlari soni 30 taga yetganini ma'lum qildi.

Sal ilgariroq Bagamadagi tabiiy ofat natijasida 23 kishining halok bo‘lgani xabar qilingandi.

«Dorian to‘foni oqibatida Bagamadagi qurbonlar soni 30 taga yetdi», degan u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Yakshanba kuni to‘fon Bagama orollariga yetib bordi va uning shimoliy qismida joylashgan Abako oroli infratuzilmasiga juda ulkan zarar yetkazdi. Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasi (IFRC)ning xabar qilishicha, tabiiy ofatdan 13 ming uy zarar ko‘rgan.

Bagama orollari Sog‘liqni saqlash vaziri Dyueyn Sends «Dorian» to‘foni qurbonlari soni esankiratib qo‘yadigan darajada bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech