26 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Xavfsizlik
23 May  2020 386

Belgilanmagan yo‘ldan yurish...

Belgilanmagan yo‘ldan harakatlanish haydovchining o‘z hayotiga zomin bo‘ldi.

2020-yil 22-mayda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayanchli natija bilan tugagan YTH sodir etildi.

Soat 17:50 da Uzan tumani «Chinor» mahallasi hududidagi adirlikdan avtomashinalar harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan pastga yo‘nalish bo‘ylab tushib harakatlanib kelayotgan «TTZ» rusumli tirkamali traktor yo‘lning chap tomon qismidagi qurigan ariqqa ag‘darilib ketgan.

Noqulay yo‘l sharoitida boshqaruvni yo‘qotgan 49 yoshli traktor boshqaruvchisi hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech