12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,6 °C

Sport
12 Yanvar  2019 1630

Dubayda terma jamoamiz a’zolari uchun tadbir tashkil etildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi a’zolari uchun “Crowne Plaza” mehmonxonasida o‘zbekona tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘FA mutasaddilari va Osiyo Kubogini yoritish uchun O‘zbekistondan tashrif buyurgan OAV xodimlari ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Umid Ahmadjonov futbolchilar bilan uchrashuv chog‘ida ularga Ummonga qarshi o‘yinda qozonilgan g‘alaba uchun minnatdorchilik bildirib, bu yog‘iga ham bo‘shashmasdan harakat qilish kerakligini, butun o‘zbek xalqi terma jamoamizdan g‘alabalar kutayotganini aytib o‘tdi.

Estradimiz yulduzlari Jahongir Poziljonov, Qilichbek Madaliev va Shuhrat Vohidov kabi san’atkorlar o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Dasturxonga o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan milliy taomimiz osh tortildi.

Bu tadbirdan maqsad, muhim o‘yin oldidan futbolchilarimizning kayfiyatini ko‘tarish, bir oila sifatida jipslashtirish va kelgusi g‘alabalar sari ruhlantirishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, ertaga bosh jamoamiz Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech