29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
18 Iyun  2020 650

Dunyo avia sohasida jonlanish

Avia sohasidagi jonlanish koronavirus chekinishidan darak beryapti.

Jahon avia transporti 65% ga qayta tiklandi. Bir kecha-kunduzda 181 ming reys amalga oshirish qobiliyatiga ega dunyo aviakompaniyalari hozirda 118 mingta reysni yoʻlga qoʻydi, deb xabar beradi RBK.

CentralAsia axborot agentligining xabar berishicha, Tojikiston 1-iyuldan Oʻzbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklaydi.

Yaponiyada juma kunidan boshlab ichki qatnovlarga qoʻyilgan barcha cheklovlar bekor qilinadi, shuningdek professional sport tadbirlarini muxlislarsiz oʻtkazishga ruxsat beriladi, deb xabar beradi Bloomberg.

France24 axborot manbasi tarqatgan xabarga koʻra, koronavirus natijasida BBC ishchilari sonini qisqartirishini maʼlum qilgan, kompaniya oʻrtacha 140 million yevro tejashi lozim. Tashkilotda jami 22 mingdan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

Pekinda koronavirusning yangi toʻlqini kuzatilmoqda, bugun 21 kishi kasallikka chalindi, deb xabar beradi Xinhua.

Gonduras prezidenti va uning turmush oʻrtogʻi koronavirusga chalindi, deb xabar beradi CNN.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech