06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,9 °C

Dolzarb
14 Iyul  2020 417

Dunyo hamon koronavirus iskanjasida

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hukumatlar yana-da qatʼiyroq chora koʻrmasa, koronavirus pandemiyasi “borgan sari ogʻirlashib boraveradi”, deya ogohlantirmoqda. Bosh direktor doktor Tedros Gebreyesus koʻplab davlatlar notoʻgʻri yoʻnalishda harakatlanayotganini taʼkidladi, deb xabar beradi NYT.

Deyarli 40 million aholiga ega, YAIM hajmi boʻyicha dunyoda yirik iqtisodiy reytingda beshinchi oʻrinda turadigan Kaliforniya shtati gubernatori koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻpayib borayotgani bois shtat boʻylab barcha barlar, restoranlar, kinoteatrlar va muzeylarni, shuningdek, shtatdagi 30 ta hududda bino ichida odamlar toʻplanishini oldini olish maqsadida savdo va fitnes markazlari, sartaroshxonalarni yopishga buyruq berdi. Bu haqda Guardian xabar beradi.

Xuddi shu manbaning tarqatgan xabariga koʻra, Buyuk Britaniya tibbiyot fanlari akademiyasi tomonidan jalb qilingan shifokor va olimlar seshanba kuni mamlakat koronavirusning ikkinchi toʻlqiniga “tezkor tayyorgarlik”ni boshlashi zarurligi, bu vaziyat kasalxonalarda eng ogʻir holatlarda 120 000 dan ortiq bemor oʻlimiga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Germaniyada aholi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov shuni koʻrsatdiki, pandemiya va uning oqibatlari sababli har ikki fuqaroning birida stress holati kuzatilmoqda, deb xabar beradi DW.

Bloomberg axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, 2020-yilning ikkinchi choragida Singapur iqtisodiyoti avvalgi chorakka nisbatan 41,2% ga qisqargan, hozirda mamlakat tarixidagi eng yirik iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, YAIM yillik hisobda 12,6% ga qisqargan. Hukumat pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun 72 milliard dollar ajratdi.

Gruziya Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, COVID-19 holatining kunlik oʻsishi deyarli 4 000 tani tashkil qilmoqda, deb xabar beradi CNN.

Aynan shu manbaning tarqatgan xabariga koʻra, Boliviya tashqi ishlar vaziri Karen Longarik koronavirus yuqtirib olgan. Avvalroq, Boliviya prezidenti vazifasini bajaruvchi Janin Anesda musbat test natijasi tasdiqlangani haqida maʼlumot berilgan edi.

Germaniyaning Saksoniya viloyatida test tekshiruvidan oʻtkazilgan 2 000 nafar oʻquvchi va oʻqituvchining juda kamchiligida COVID-19 ga qarshi antitanachalar aniqlandi. Dushanba kuni Drezden Universiteti klinikasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, erta xavotirlanishlarga qaramay, maktablar virus tarqalishining asosiy oʻchoqlari hisoblanmaydi, deb xabar beradi Reuters.

New Zeland Herald da xabar berishicha, AQSHda kasallik alomati boʻlmagan bemor 60 soniya ichida liftda 71 kishiga kasallik yuqtirgan. Bu esa koronavirus havoda aerozol sifatida qolishi va nafas olganda yuqish qobiliyatini saqlab qolishi mumkinligini isbotlaydi. AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tomonidan nashr etilgan yangi tadqiqot simptomsiz bemorlar “super kasallik tashuvchilar” ekanligini koʻrsatgan.

Apple kompaniyasi pandemiyaning yangi sharoitlariga moslashgan holda xodimlarni masofadan ishlashga undamoqda. Shuningdek, kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlar uchun zarur hollarda koronavirusga test tekshiruvi toʻplamlarini joʻnatadi, deb xabar beradi Bloomberg.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech