29 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,1 °C

Dolzarb
17 Iyun  2020 1027

Dunyo: Koronavirus hamon jiddiy qarashni taqozo etyapti

Britaniyalik olimlar arzon va keng tarqalgan “Deksametazon” dori vositasi dunyo miqyosida koronavirus yuqtirgan ogʻir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolishi mumkinligini isbotlovchi muvaffaqiyatli laboratoriya tekshiruvini oʻtkazishdi, deb xabar beradi BBC.

JSST britaniyalik olimlarning COVID-19 ni davolashda “Deksametazon” dori vositasini qoʻllash boʻyicha tadqiqotini maʼqullaydi. JSST rahbarining soʻzlariga koʻra, “Deksametazon” sunʼiy oʻpka ventilyatsiyasiga ulangan bemorlar orasida oʻlim koʻrsatkichlarini kamaytirgan birinchi dori vositasi boʻldi, deb fikr bildiradi World Health Organization axborot manbasi.

UN axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, BMT jahon oziq-ovqat dasturi COVID-19 tufayli Lotin Amerikasida oziq-ovqat tanqisligining oldini olish uchun xalqaro hamjamiyatni tezkor chora koʻrishga chaqirgan.

Germaniya hukumati Markaziy Osiyo davlatlarini, jumladan, Oʻzbekiston va 130 ga yaqin davlatni koronavirus tarqalishi xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritdi, deb xabar beradi Robert Koch Institute axborot manbasi.

Hozirda koronavirusdan vafot etgan amerikaliklar Birinchi jahon urushi vaqtida halok boʻlgan AQSH harbiy askarlariga qaraganda koʻp, deb xabar beradi The Fortune.

Al Jazeeraning xabar berishicha, Braziliyada koronavirusdan zararlanishning rekord koʻrsatkichi qayd etilgan — 24 soat davomida qariyb 35 000 kishi.

Rossiyada 500 000 dan ortiq virus tasdiqlangan holat qayd etildi, mamlakat dunyoda AQSH va Braziliyadan keyin uchinchi oʻrinni egallagan, deb xabar beradi BBC.

Pekinda aeroportlar seshanba kuni shaharda yangi koronavirus epidemiyasi qayd etilgani sabab yuzlab aviaqatnovlarni bekor qildi. Poytaxtda hamma maktablar yopildi, deb xabar beradi Bloomberg.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech