06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35 °C

Dolzarb
10 Iyul  2020 415

Dunyoda koronavirus bilan kurashni davom ettiradi

Worldometers axborot manbasining xabariga koʻra, Jahon miqyosida 12,3 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 557 mingdan ziyod odam vafot etdi, 7,2 million nafar bemor sogʻaygan.

Xuddi shu manbaning tarqatgan xabariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlarida kunlik zararlanish holatlari qariyb 3 000 tani tashkil etmoqda, jami zararlanganlar soni 80 000 dan ortdi.

AQSH yuqumli kasalliklar boʻyicha eksperti va hukumat maslahatchisi doktor Entoni Fauchining aytishicha, baʼzi shtatlarda karantin cheklovlari erta bekor qilindi, shu sababli endi infeksiya avj olishiga duch kelishdi, deb xabar beradi CNN.

BBCning tarqatgan xabariga qaraganda, Buyuk Britaniyaga 60 dan ortiq mamlakatdan kelgan sayyohlar juma kunidan boshlab 2 hafta muddatda izolyatsiyalanishi shart emas.

Qozogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi baʼzi Xitoy ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan Qozogʻistonda koronavirusdan koʻra halokatli nomaʼlum pnevmoniya holatlari haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini rasman maʼlum qildi, deb xabar beradi Zakon.kz

Massachusets texnologiya instituti olimi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, joriy yilning avgustiga qadar pandemiya sababli 15 000 ga yaqin amerikalik vafot etishi mumkin, deb xabar beradi US News.

Yaponiyaning iqtisodiyot vaziri barlar va tungi klublarda virus kasalliklari holatlari yana-da tarqalishini oldini olish maqsadida yangi cheklovlar belgilanishi lozimligini taʼkidladi, chunki bu joylar may oyi oxirlarida mamlakatda favqulodda holat bekor qilingandan beri infeksiyaning “qaynoq nuqtalariga” aylangan, deb xabar beradi The Business Times.

Yonhap News Agency tarqatgan xabarga koʻra, Janubiy Koreyaga koronavirus kasalligi koʻp qayd etilgan mamlakatlardan kelgan chet ellik sayohatchilar “manfiy” test natijasi toʻgʻrisida sertifikat taqdim etishlari kerak.

Gonkong rasmiylari COVID-19 infeksiyasidan zararlanish holatlarining yangi epidemiyasidan soʻng, dushanbadan barcha maktablar qayta yopilishini maʼlum qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

NYTda xabar berishicha, Boliviya prezidenti vazifasini bajaruvchi Janin Anes koronavirus yuqtirgan. Avvalroq, Braziliya prezidenti ham COVID-19 natijasi musbat chiqqanligini maʼlum qilgan edi.

Afrika taraqqiyot bankining maʼlumotlariga koʻra, pandemiya yana 49 million afrikalikning oʻta qashshoqlashishiga sabab boʻlishi mumkin. Shunday qilib, 2020-yilda oʻta qashshoqlikda yashaydigan odamlarning umumiy soni 453,4 million kishidan oshish ehtimoli mavjud, deb xabar beradi African Development Bank.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech