11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Dolzarb
7 Iyul  2020 472

Dunyoda koronavirus taʼsiri hamon yuqori

Pandemiya boshlangandan buyon dunyo miqyosida 11,7 milliondan ortiq aholida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Virusdan zararlanish oqibatlari va kelib chiqqan kasalliklar tufayli 540 mingdan ziyod odam hayotdan koʻz yumdi, 6,6 million nafar bemor sogʻaydi., deb xabar beradi Worldometers.

WorldBank axborot manbasining tarqatgan xabariga koʻra, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi koronavirus pandemiyasi sababli oktyabr oyida har yilgi kuzgi uchrashuvlarini onlayn tarzda oʻtkazadigan boʻldi.

Avstraliyaning ikkinchi yirik shahri Melburn maʼmuriyati koronavirus infeksiyasining yangi rekord darajada oʻsishi tufayli fuqarolarni 6 hafta davomida izolyatsiya qilish boʻyicha karantin choralarini qayta tikladi, deb xabar beradi ABC.

Tojikistonda COVID-19 tarqalishini kamaytirish maqsadida masofaviy toʻlov xizmatiga oʻtilmoqda, deb xabar beradi Avesta.tj axborot manbasi.

Azernews xabar berishicha, Ozarbayjon hukumati umumiy ovqatlanish joylarida ijtimoiy masofalanish tartibini tasdiqlagan.

Bolgariyada koronavirus sababli favqulodda holat rejimi iyul oyining soʻngiga qadar uzaytirildi, deb xabar beradi The Sofia Globe.

Hindiston COVID-19 dan zararlanganlar soni boʻyicha Rossiyadan oʻzib ketdi, deb xabar beradi John Hopkins University.

Buyuk Britaniya Milliy Fanlar akademiyasi prezidentining soʻzlariga koʻra, koronavirusni yengish uchun har kim uydan chiqishda niqob taqishi kerak. Buyuk Britaniya niqobdan foydalanishda koʻplab davlatlardan “ortda qolmoqda”. Bu haqda BBC xabar beradi.

Guardian tarqatgan xabarga koʻra, Pekin koronavirusning yangi holatlari mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlum qilgan. Xitoy 6-iyulda koronavirusning 8 ta yangi holatini maʼlum qilgandi. Barcha holatlar chet eldan tashrif buyurganlar orasida aniqlangan, — deyiladi xabarda.

Isroilda COVID-19 yangi holatlarining keskin ortishi natijasida iqtisodiyotga chuqur taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qatʼiy choralarning oldini olish maqsadida, baʼzi cheklovlar qayta joriy qilindi. Barlar, tungi klublar, sport zallari va tadbir zallari yopildi, deb xabar beradi Sky News.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech