25 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,8 °C

Madaniyat
12 Dekabr  2019 678

Dunyoga mashhur telekanal O‘zbekiston haqidagi filmlarni namoyish etmoqda

Amerikaning mashhur CNBC telekanali ilk bor O‘zbekiston haqidagi filmlarni efirga uzatmoqda, deb xabar qiladi “O‘zbekkino” Milliy agentligi.

Joriy yilning 8 dekabridan boshlab AQShning SNBC (“Consumer News and Business Channel”) telekanali O‘zbekistonga bag‘ishlangan oltita filmni efirga uzatishni boshladi.

Mazkur hujjatli filmlarda yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar taniqli xorijiy jurnalistlar talqinida namoyish qilinmoqda.

Mazkur filmlarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlardagi ijobiy o‘zgarishlar ham o‘z aksini topgan. Filmlar amerikalik mashhur jurnalist va teleboshlovchi Rayan Chilkot tomonidan suratga olingan. U ushbu filmlarni yaratish uchun O‘zbekiston va Afg‘onistonga bir necha bor tashrif buyurgan.

Yana uchta film Buyuk Britaniyaning Imotus kinokompaniyasi tomonidan SNBC telekompaniyasi buyurtmasiga asosan suratga olingan.

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu filmlar xalqaro hamjamiyatni O‘zbekistonda yuz berayotgan yangilanishlar jarayoni, shuningdek, Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan keng ko‘lamli siyosiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega, – degan ijodiy hamkorlardan biri – Belgrave Europe kompaniyasi xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Fred Xarrison.

Eslatib o‘tamiz, CNBC telekanalida O‘zbekiston haqidagi filmlar Vashington vaqti bilan shanba va yakshanba kunlari (14,15, 21, 22, 28-dekabr) 21:15 da, dushanba kunlari (16, 23-dekabr) 23:30 da namoyish qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech