30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Xalqaro hamkorlik
7 Fevral  2020 5655

Jahongir Artikxodjaev Singapurda o‘tkaziladigan nufuzli shaharlar hokimlari sammitiga taklif etildi

7-fevral kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjaev Singapur Savdo va sanoat vazirligining katta davlat vaziri Ko Po Kun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Singapur elchisi Zulkifli Baxarudin ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston va Singapur, xususan, Toshkent va Singapur o‘rtasidagi munosabatlar istiqboli haqida so‘z yuritildi.

Toshkent shahar hokimi Singapurning qurilish, logistika, xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa ko‘plab sohalarida boy tajribasini o‘rganish ahamiyatli ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Ikki mamlakat o‘rtasida investitsiya sohasidagi aloqalar ham mustahkamlanayotganligini qayd etib, 2019-yilda Singapur bilan 720 million dollar miqdoridagi loyihalarga investitsiya shartnomalari imzolanganligini ma’lum qildi. Ayni paytda ta’lim sohasida ham Singapur bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari kattaligiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, Toshkent va Singapur o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish muhimligi ham ta’kidlab o‘tildi.

Muloqot davomida tomonlar shaharning bosh rejasini yaratish masalasi bo‘yicha ham fikr almashdilar. Ko Po Kun Singapur bu boradagi Singapur tajribasi borasida ma’lumot berdi.

Shaharlar va ularning aholisi muntazam o‘sib borishi inobatga olingani holda Singapurda har 2 yilda dunyo shaharlarining sammiti o‘tkazilishini ma’lum qildi va Jahongir Artikxodjaevni 2020-yilning 5-iyunida o‘tkazilishi rejalashtirilgan jahonning nufuzli shaharlari hokimlari ishtirok etadigan ushbu sammitga taklif qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli aloqalarni rivojlantirish yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi va tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oshirilishiga ishonch bildirdilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech