21 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,7 °C

Xalqaro hamkorlik
4 Fevral  2020 2234

Jahongir Ortiqxo‘jaev XXR elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy, xususan XXRning yirik provinsiyalari hamda shaharlari bilan Toshkent o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalasi muhokama etildi.

Jahongir Ortiqxo‘jaev Toshkent shahar hokimligi Xitoy bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini qadrlashi hamda o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga  olib chiqish imkoniyatlari ko‘p ekanligini ta’kidladi. Yanvar oyida Xitoyga poytaxt hokimligi delegatsiyasining tashrifi amalga oshirilganligini qayd etdi. Tashrif doirasida Pekinda «Ipak yo‘li» fondi prezidenti Van Yan Chji bilan uchrashganligi va ularga Toshkentda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan ma’lumot berganligini, shuningdek, Guandun provinsiyasining vitse gubernatori Chjan Sin bilan ham o‘zaro hamkorlik yuzasidan amaliy muloqot bo‘lib o‘tganligini aytib o‘tdi.

Safar davomida shahar hokimligi delegatsiyasi bilan XXRning «Country Garden Holdings» kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham samarali kechganligini, ular bilan shaharsozlik masalasida tajriba almashilingani va kerakli tavsiyalar olinganligini qayd etdi.

Shuningdek, Toshkentda ishlash niyatida bo‘lgan xitoylik tadbirkorlar borligini bildirib, ular bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishda elchixonaning amaliy ko‘magi muhim bo‘lishini ta’kidladi.

O‘z navbatida XXRning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi  Szyan Yan yurtimizda prezident Shavkat Mirziyoev olib borayotgan islohotlarning ijobiy samarasi, Toshkentning tobora yangilanib, zamonaviylashib borayotgan qiyofasini, shahrimizda yaratilayotgan qulaylik, imkoniyat va sharoitlarni e’tirof etib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 7,6 milliard  dollardan ortganligini ma’lum qilib, bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshirish imkoniyati borligini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalasi atroflicha muhokama etildi. O‘zaro hamkorlikda farmatsevtika, elektronika, quyosh energetikasi, robototexnika, sabzavot va mevalarni qayta ishlash kabi qator sohalarni rivojlantirish istiqbolli ekanligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar Toshkent shahrida xitoylik investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga to‘xtalib, Xitoy tomonidan investitsiyalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Szyan Yan yaqin orada Guanjouda O‘zbekistonning bosh konsulligi ochilishi rejalashtirilayotganligini ma’lum qilib, o‘zaro hamkorlikdagi  boshqa tadbirlarga ham to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi poytax hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech