21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Urbanizatsiya
15 Iyul  2019 844

Jasur Aripov: «Agentligimizning asosiy mahsulotlaridan biri aholi punktlarini rivojlantirishning yagona strategiyasidir»

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari, Urbanizatsiya agentligi direktori Jasur Aripov bilan jurnalistlarning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning tashkil etilishiga 2019-yil 9-iyul kuni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (YaIDXP) «O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasi»ni jamoatchilik muhokamasiga chiqishi sabab bo‘ldi.

Respublikada yirik shaharlarni rivojlantirish strategiyasi va strategik platformasini yaratish Agentlikning vazifalaridandir. Bu ularni aholi uchun rivojlangan infratuzilma, ta’lim, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy himoya qilish salohiyatiga ega o‘ziga xos jalb etish markazlariga aylantirish imkonini beradi. Natijada viloyatlarda migratsiya ko‘proq mahalliy tavsifga ega bo‘ladi, poytaxtga emas, balki har bir mintaqaning yirik shaharlariga yo‘naltiriladi. Bularning barchasi, xuddi Seulda bo‘lganidek, shaharlarning tabiiy o‘sishi va haqiqiy shahar aglomeratsiyasiga aylanishiga yordam beradi.

Aripov ta’kidlaganidek, o‘ziga xos tabiiy qo‘shilib ketishni allaqachon Farg‘ona va Marg‘ilon, Namangan va Uychi, Samarqand va Jomboy kabi millionlab aholi bilan bo‘lajak diqqatga sazovor joylar misolida ko‘rish mumkin.

Jasur Aripov: «Urbanizatsiya» tushunchasini har bir kishi o‘zicha tushunadi va O‘zbekistonda, afsuski, bu atamani ko‘pincha uy-joylarning buzilishi bilan bog‘laydilar. Aslida urbanizatsiya uzoq va keng qamrovli, demografik an’analar, migratsiya jarayonlari, aholi bandligi, yashash joylarining xavfsizligi, ekologiya va boshqa ko‘plab masalalar va harakatlar majmuasini o‘z ichiga olgan jarayondir. Umuman olganda, yer resurslarini samarali boshqarish, shaharni rejalashtirish, aholi o‘sishi bilan birga shahar infratuzilmasini va uy-joy qurilishi rivojlantirish masalalari ham shunga kiradi. Eng muhimi, shaharlarning, shahar madaniyati va munosabatlarining rolini oshirish, shahar tashqarisida shakllangan zamonaviy madaniy namunalarni tarqatish jarayonidir».

Urbanizatsiya konssepsiyasi bosqichlarda va raqamlarda:

2019-2020-yillar: 120 shahar, 1070 qishloq va 11 ming qishloq aholi punktlarini rivojlantirish, shuningdek, shahar xizmatlari va shart-sharoitlar strategiyasini shakllantirish;

2020-2025-yillarda: Samarqandda yangi «diqqatga sazovor joylar»ni shakllantirish, Namangan va Farg‘ona shaharlarida million kishilik yirik shaharlarni (aglomeratsiyalarni) tashkil etish;

2025-yil: respublikaning 120 ta shahrini zarur infratuzilma bilan ta'minlash (kamida 70%);

2030-yil: 1070 ta posyolkani zarur infratuzilma bilan ta'minlash (kamida 70%);

2020-2040-yillar: qolgan 11 ming qishloq aholi punktlari uchun zarur infratuzilmani ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qakdar urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini yaratish jarayonida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish, transport kommunikatsiyalari, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimlari va boshqa ko‘plab sohalardagi 30 dan ortiq konsepsiya va dasturlar o‘rganildi. Hujjatni ishlab chiqishda ushbu tarmoqlar uchun mas'ul davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) va boshqa ekspertlar ishtirok etdi.

Jasur Aripov: «Urbanizatsiya konsepsiyasining maqsadi istalgan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi kabi, shahar va shahar aglomeratsiyasini kompleks rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va aholi farovonligini oshirishdir, bu mehnat va investitsiya resurslariga jozibador bo‘lgan ilmiy, innovatsion va madaniy salohiyatlarni jamlash imkonini beradi. Yirik shaharlar atrofida yo‘ldosh shaharlar tarmog‘ini kengaytirish shuningdek, ayrim shaharlarning birlashishi urbanizatsiya rivojlanishining muhim jihatlariga aylanmoqda. Bu esa yirik va katta shaharlarni iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, uy-joylarga joylashuv va avtomobil trafigi yuklanishini optimallashtirish imkonini beradi».

Jasur Aripov: «Konsepsiyani tayyorlashda asosiy e’tibor ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport infratuzilmasi va jamoat joylarini rivojlantirish bilan to‘ldiriladigan mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirishga qaratildi. Axir, shahar infratuzilmasini rivojlantirish darajasi shaharga kiritilayotgan investitsiyalar va qishloq aholisining tabiiy migratsiyasi hajmiga bog‘liq. Bu borada Konsepsiyada 2030-yilga qadar shahar aholisining markazlashtirilgan suv ta'minoti va tabiiy gaz bilan ta'minlanishini 90 foizga, kanalizatsiya tizimlari bilan 68,9 foizga, hozirgi 16 kv.m.ga ruxsat etilgan sanitariya normalariga nisbatan kishi boshiga 20 kv. m.ga turar-joy bilan ta'minlashni oshirishga, 19 yoshgacha bo‘lgan aholining oliy ta’limini qamrab olish darajasi esa 50 foizga (hozirda 20 foiz qamrab olingan) yetkazilishi nazarda tutilgan. Bu maqsadlarning barchasi, ehtimol, o‘sish yo‘nalishi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqiladi».

Konsepsiya alohida shaharlar va shahar aglomeratsiyalarining qiyosiy va raqobatbardosh ustunliklarini hisobga olgan holda shaharlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob'ektlarini oqilona joylashtirishni nazarda tutadi.

Sirdaryo viloyati misolida Aripov mintaqani o‘zining tabiiy salohiyati – hududiy joylashuvidan foydalangan holda rivojlantirish imkonini beradigan loyiha haqida so‘zladi. Bugungi kunda viloyatning bir necha shaharlari orqali asosiy magistral tranzit yo‘llari o‘tmoqda: M34 Guliston va Yangier, AN5 – Sirdaryo va Baxt, A376 – Xovos va Shirin shaharlarini bog‘laydi. Bularning barchasi Sirdaryo viloyati hududida yo‘l bo‘yidagi infratuzilmani rivojlantirish va yirik transport markazini qurish imkoniyatlari mavjudligini bildiradi, bu esa umuman boshqa tarmoqlarning tabiiy rivojlanishi bilan shaharlarni kengaytirish va rivojlantirish uchun boshlang‘ich zamin yaratadi.

Jasur Aripov: «Har birimiz islohotlarning, ayniqsa, urbanizatsiya kabi keng ko‘lamli va ijtimoiy ahamiyatga ega ishlarning shikoyatlarsiz bo‘lmasligini tushunamiz. Men hamma narsani oson va tez bajarishni tasavvur ham qilmayapman. Barcha savollarga darrov javob topish juda mushkul. Hali ko‘plab muammolar va tushunmovchiliklar mavjud va ular paydo bo‘lishda davom etadi. Shu bois axborotni tinglash, eshitish va aholining keng qatlamlariga to‘g‘ri yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan jurnalistlar bilan, shuningdek, ehtimol, ular teskari aloqani ham ta’minlashar, muloqot qilish biz uchun juda muhim».

Turar-joylarni buzish va ko‘plab «siti»larni qurish an'analari haqida berilgan savolga Aripov biror ob’ekt va binoni buzish borasida hokimlik qarori qishloqni rivojlantirish strategiyasi asosida qabul qilinadi, deya javob berdi. Ishlab chiquvchining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi esa boshqa masala. Bunda har bir alohida ishning xususiyatlarini tushunish muhimdir – ob’ekt tarixiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga egami yoki yo‘q, buzilish uchun haqiqiy shart-sharoit yuzaga kelganmi hisobga olinadi. Har qanday sharoitda ham buzish va o‘z-o‘zidan qurilish ishlarini boshlash holatlari borasidagi xabarni hokimlikka yetkazish jamiyatning burchidir. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha Agentlik o‘sish qutblarini hisobga olgan holda aholi punktlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha yangi mexanizmni joriy etishni rejalashtirmoqda. Vazirliklar va hokimliklar aholi punktini rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilishda o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishlari lozim.

Jasur Aripov: «Agentligimizning asosiy mahsulotlaridan biri aholi punktlarini rivojlantirishning yagona strategiyasidir. Ish ko‘zga ko‘rinmas bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo barchasi ma’lum bir vaqt oralig‘ida yuzaga keladigan keng qamrovli jarayonlardir».

Yuriy Korsunsev surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech