07 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Transport
3 Iyun  2020 611

Yangi zavodimiz avtolari savdoga chiqadi

“Volkswagen Caddy” rusumli yengil tijorat avtomobillari Oʻzbekistonda.

“Jizzax Avtomobil Zavodi” MCHJ kompaniyasi bazasida “Volkswagen Caddy” yengil tijorat atvomobillarini ishlab chiqaruvchi zavodning qurilish ishlari yakuniy bosqichda turibdi.

Yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish maqsadida Oʻzbekistonga “Volkswagen Caddy” avtomobillarining bir qismi keltirilib, ular sertifikatsiya boʻyicha vakolatli organlarga iqlim sinovlarb va omologatsiya boʻyicha maxsus tekshiruvlardan oʻtkazish uchun topshirildi.

Bir vaqtning oʻzida “Jizzax Avto” MCHJ tomonidan “Folksvagen” dilerlik tarmogʻini rivojlantirish maqsadida respublika hududlaridagi qator dilerlik korxonalar hamkorlik qilish uchun tanlab olindi. Shuni taʼkidlash joizki, “Volkswagen Caddy” rusumli avtomobillar savdosi shu yilning iyul oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida “Jizzax Avto” kompaniyasi va dilerlik korxonalari xodimlarini “Folksvagen” brendi global standartlariga muvofiq oʻqitish boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqildi. 2020-yil may oyida “Folksvagen” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida mahsulot savdosini yuritish va avtomobillarga xizmat koʻrsatish boʻyicha ilk oʻquv treninglar oʻtkazildi, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: “Volkswagen Caddy” — 7 oʻrindiqli (5 oʻrindiqli koʻrinishi ham mavjud) yoʻlovchi va yuk miniveni. Avtomobil ham biznes yuritishga, ham oilaviy foydalanish uchun toʻgʻri keladi. Tejamkor va texnologik (MPI) dvigatel 1,6 litr quvvatga ega, benzinda ishlaydi. Yoqilgʻi sarfi – shaharda 100 km.ga 9,3 litr, trassada 100 km.ga 6,1 litr.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech