25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Sport
3 Aprel  2019 902

Dzyudo musobaqalari taqvimiga yana bir “Katta dubulg‘a” turniri kiritildi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) bu yilgi taqvimiga o‘zgartirish kiritdi. Aniqrog‘i, tashkilot rasmiy saytining ma’lum qilishicha, endilikda musobaqalar qatoriga Braziliya “Katta dubulg‘a” turini ham qo‘shildi.

 

Ta’kidlash joiz, Braziliya dzyudo konfederatsiyasining tashkil topganiga bu yil 50 yil to‘ladi va bu musobaqaning kiritilishi ushbu yubiley uchun kichik sovg‘a sifatida qaralmoqda.

Shu tariqa, 2019-yilning o‘zida “Katta dubulg‘a” turnirlari soni yetitaga yetadi. Bu esa rekord ko‘rsatkichdir. Bunday toifadagi musobaqalar g‘oliblari o‘z hisoblariga jahon va Olimpiada reytingida 1000 ochko qo‘shib qo‘yishadi. Demakki, bu dzyudochilar uchun yetarli darajadagi reyting ochkolarini jamg‘arib olish uchun qo‘shimcha imkoniyat.

Ma’lumot uchun, Braziliyada XDF tasarrufidagi so‘nggi musobaqa 2013-yili o‘tkazilib, o‘shanda Rio-de-Janeyro shahri jahon chempionatiga mezbonlik qilgandi. Braziliya “Katta dubulg‘a” turniri joriy yilning 6-8-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech