21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,7 °C

Bilasizmi?
5 Sentyabr  2019 962

«EasyJet» samolyoti uchuvchisi o‘rnini yo‘lovchi egalladi

Manchesterdan Alikante (Ispaniya)ga parvoz qilayotgan Britaniyaning «EasyJet» aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti ishga kelmagan uchuvchini bortdagi yo‘lovchi bilan almashtirdi, deya xabar beradi «Manchester Evening News» gazetasi.

Xabar qilinishicha, samolyot bir muddat aeroportda ushlab qolingan. Uchuvchining ishga kelmaganini yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tgandan so‘ng bilishgan, deyiladi RAA «Novosti» xabarida.

Yo‘lovchilar orasida oilasi bilan ta'tilga ketayotgan Maykl Bredli ham bor edi. Zaxira reysini bir necha soat kutishni istamagan Maykl aviakompaniyaga uchuvchi vazifasini bajarishi mumkin ekanini ma'lum qildi.

Aviakompaniya esa unga shturvalga o‘tirishga rozilik berdi va keyinchalik yo‘lovchilarni manziliga o‘z vaqtida yetkazgani uchun minnatdorlik ham bildirishdi.

Aviakompaniyada esa Bredliga havo kemasi shturvalini ishonib topshirishdan oldin qattiq tekshirishganini ma'lum qilishdi.

«Bunday qaror o‘rnatilgan qoidalarga to‘la mos kelardi, chunki uning qo‘lida pasport va uchuvchilik litsenziyasi bor edi. Biz uchun xavfsizlik hammasidan ustun», deydi EasyJet vakili.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech