28 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Mamlakatimizda
27 Fevral  2020 3929

Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi

Yetimning boshini silash xalqimizga xos bo‘lgan azaliy odatdir.

Bugun ota-bobolarimizning ushbu odati davlat siyosati darajasida amalga oshirilmoqda. yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga e’tibor mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bugun mehribonlik uylarida, zarur moddiy-texnik baza bilan ta’minlagan holda, o‘quv kurslari-«Uy-ro‘zg‘or akademiyasi» hamda zamonaviy kompyuter dasturlash ko‘nikmalariga o‘qitish kurslari tashkil qilindi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlarini kafolatlagan holda «Ishonch telefonlari» orqali ularga yordam ko‘rsatish tizimi yaratildi. Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarida zarur aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilib, «1006» va «11960» qisqa raqamli ishonch telefonlari uzluksiz ishlashi va ulardan tarbiyalanuvchilarning erkin foydalanishini ta’minlandi.

Har bir Mehribonlik uylariga tarbiyalanuvchilar sonidan qat’iy nazar 1 tadan psixolog shtat birligi ajratildi. 200 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilari bo‘lsa, 2 ta psixolog shtat birligi ajratilishi belgilandi.

2019-yil 1-martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib, 820 000 so‘mni tashkil qildi.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab vasiylik va homiylik organlari xodimlariga o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qoplash uchun har oyda 170 000 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanmoqda.

Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarining 413 nafar pedagog xodimlari, 43 nafar rahbar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida 2019-yil yakuni bo‘yicha 2018-yilga nisbatan:

vasiylikka berilgan bolalar soni – 20 104 nafar (+3717)ni;

homiylikka berilgan bolalar soni – 12 768 nafar (+2651)ni;

oilaga (patronat) tarbiyaga berilgan bolalar soni — 738 nafar (+138)ni;

farzandlikka berilgan bolalar soni – 31 252 nafar (+756);

Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari soni — 2369 nafar (-206)ni;

Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalaridagi kam ta'minlangan oilalar farzandlari soni – 420 nafar (-128)ni tashkil qilmoqda.

2019-yilda 11-sinfni tugatgan 26 nafar Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchidan 11 nafari (42%) OTM da o‘qiydi, ularning 15 nafari (58%) ish bilan ta'minlangan. Uy-joyga muhtoj bo‘lgan 18 nafar 2019-yilgi 11-sinf bitiruvchilaridan 5 nafari (28%) alohida turar-joy bilan ta’minlangan, deya xabar beradi  Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech