15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Mamlakatimizda
19 Mart  2019 2534

Poytaxtda qizil-oq yo‘l chizig‘i sinab ko‘riladi

Shahar hokimiyati Toshkent IIBB bilan birgalikda Slovakiyadan mutaxassislarni taklif qildi va ular tajriba sifatida 1.14.1 – boshqarilmaydigan piyodalar o‘tish joyi yo‘l chizig‘ini bo‘yashda qizil va oq ranglardan foydalanishni taklif etdilar.

 

yevropada piyodalar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tajriba shuni ko‘rsatadiki, oq-sariq belgilar hamisha ham, ayniqsa sutkaning qorong‘i qismida, aniq ko‘rinavermaydi. Qizil-oq belgi esa haydovchilarga va piyodalarning o‘ziga ham yaxshi ko‘rinadi, deya takidlashdi mutaxassislar.

Birinchi qizil-oq yo‘l chizig‘ini Amir Temur xiyoboridagi aylanada kurish mumkin.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech