03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,5 °C

Mamlakatimizda
9 Aprel  2020 420

Eksport o‘sishi saqlab qolindi

2020yil 1 aprel holatiga 455,9 million dollarlik to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Joriy yil davomida, Koronavirus pandemiyasi jaxon savdosiga qattiq salbiy ta'sir qo‘rsatmoqda va bular qatorida jahon to‘qimachilik bozorlari ham chetda qolmadi.

Bular asosan yuk tashish xarajatlarni va muddatlarini keskin oshishi, asosiy bozorlarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarda karantin oqibatida ko‘plab savdo markazlari vaqtinchalik yopilishi bilan bog‘liq.

Mavjud muammolarga qaramay respublikamizda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan mahsulot eksporti tempi saqlab qolindi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar oqibatida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 126 foizga o‘sish ta’minlandi, deb xabar beradi O‘zto‘qimachilik sanoat uyushmasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech