29 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Energetika
23 Noyabr  2019 890

O‘zbekiston socar kompaniyasi bilan birga neft-kimyo mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadi

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delagatsiya tarkibiga «Socar»,«Socar Trading» va «Chemtrade LLC» kompaniyalari vakillari kirdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

O‘zbekiston tomoni nomidan energetika vaziri o‘rinbosari, shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ va «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati vakillari ish yuritdi.

Tomonlar yevropa yo‘nalishidagi kimyoviy va neftkimyo mahsulotlari eksportiga yo‘naltirilgan qo‘shma korxonani tashkil qilish masalasini muhokama qildi.

Ushbu rejalar O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Alievning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi yig‘ilishi (2019-yil, 15-oktyabr, Baku) doirasidagi uchrashuvlari paytida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladi. 

Uchrashuv davomida Ozarbayjon delegatsiyasi rahbari, «SocarTrading» kompaniyasi neftkimyo mahsulotlari departamentining marketing va sotuv bo‘yicha bosh direktori Rufat Katibli O‘zbekistonning neftni qayta ishlash zavodlariga uglevodorod xom ashyosini yetkazib berishdan manfaatdor ekanligini ham ma'lum qildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, maqsadlar bayonnomasi, shuningdek, SOCAR, «O‘zbekneftgaz» AJ va «O‘zkimyosanoat» AJ o‘rtasida qo‘shma korxonani tuzish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va imzolash haqida kelishuvga erishildi va u kimyoviy, neftkimyo mahsulotlari va o‘g‘itlarni yevropa bozorlariga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech