18 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,6 °C

Sport
14 Yanvar  2019 1373

Ektor Kuper: “Keyingi o‘yinda ham ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz”

Turkmanistonga qarshi o‘yindan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Natijadan to‘liq qoniqish hosil qildim. Birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik. Eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi.

Keyingi o‘yinda ham o‘yinimizni yanada yaxshilab, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz.

Bugungi o‘yinda himoya chizig‘idan ko‘nglim to‘ldi. Ba’zi xatolarimiz bor. O‘yindan o‘yinga bu xatolarni to‘g‘irlashga va jamoamizni yanada shakllantirishga harakat qilamiz.

Har bir murabbiyning o‘z o‘yin uslubi bor. Bizning asosiy maqsadimiz natijaga erishish. O‘yin qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zimizga kerakli natijaga erishish. Ummonga qarshi o‘yinda ham bugungidek harakat qilmoqchi edik. Lekin natija uchun ehtiyotkorroq o‘ynashga  majbur bo‘lgandik. Bugun barcha rejalarimiz amalga oshdi.

Men har doim butun jamoa o‘yinini tahlil qilishga harakat qilaman. Alohida futbolchilar haqida fikr bildirmayman. Lekin ististno sifatida aytishim mumkin, Ikrom Aliboevni bugun markazda o‘ynatdik. U juda yaxshi futbolchi. Istalgan pozitsiyada o‘ynay oladi”, – dedi Kuper.

 O‘FA matbuot xizmati

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech