24 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,4 °C

Kеyingi avlod
5 Yanvar  2019 1530

“El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturlariga 3 million AQSh dollari ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, Jamg‘arma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish uchun nomzodlarni saralab olish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • ta’lim;
  • fan va ilmiy tadqiqotlar;
  • sog‘liqni saqlash;
  • davlat boshqaruvi;
  • iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.

2019-2021-yillarda o‘qishga yuboriladigan kadrlarning miqdori 4 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda, umumiy o‘rinlarning 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ajratilishi belgilandi.

Vazirliklar va idoralar har yili 1-avgustgacha xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlarda kadrlarni o‘qitishga buyurtmalar portfelini shakllantiradi hamda eng yaxshi nomzodlarni Jamg‘arma tanlovida ishtirok etishlari uchun tavsiya qiladi.

Jamg‘armaning Vasiylik kengashi xalqaro 500 talik yoki fan yo‘nalishi bo‘yicha 200 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarning magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil kirgan fuqarolarga Jamg‘arma stipendiyalarini ajratishi mumkin.

2019-yil 1-apreldan stipendiyalarni olishga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz va boshqalar) o‘qitish choralari ko‘riladi.

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2019-yilda Jamg‘arma dasturlarini moliyalashtirishga 3 million AQSh dollar ajratadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech