30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,6 °C

Salomatlik
5 Mart  2020 4308

Elchi xotirjamlikka chaqiradi

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fen vatandoshlarga murojaat yo‘lladi.

Unda Koreya Respublikasi hukumati koronavirus bilan kurashishni boshqa davlatlarga nisbatan jadal ravishda mas’uliyat bilan olib borayotgani,

zamonaviy tibbiyot texnologiyasi va ilg‘or tajriba asosida virusga chalinish holatlarini qisqa muddatda aniqlash va ularni davolash bo‘yicha barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, Koreya Respublikasi hukumati va tibbiyot sohasi mutaxassislari yaqin kelajakda virus tarqalishining kamayishiga va uning xavfini keskin kamaytirishga ishonch bildirishi aytib o‘tilgan.

Elchi bunday vaziyatda O‘zbekiston fuqarolarini tashvishga tushmasdan xotirjamlik saqlashga chaqirgan, shu bilan birga, odamlar yig‘iladigan tadbir yoki joylarga bormaslikni, ushbu virusga qarshi kurashish uchun tavsiya etilgan ehtiyot choralarini qat’iy bajarishlarini so‘ragan.

O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi koronavirus sababli paydo bo‘layotgan muammolarni tezkorlikda bartaraf etish uchun 24 soatlik ish tartibiga o‘tkazilganini qayd etgan.

deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech