17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Energetika
5 Sentyabr  2019 766

Elektr energiyasini o‘g‘irlashning yana bir “antiqa” turi aniqlandi

Yaqinda qashqadaryolik bir tadbirkorning elektr energiyasi hisoblagichining ichki qismiga maxsus qurilma (chip) o‘rnatgani, ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib o‘tayotgan elektr energiyasini hisobga olmasligi bilan o‘g‘irlik sodir etib kelganligi aniqlangan edi.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Jizzax hududiy bo‘limi va Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar boshqarmasining qo‘shma ish rejasiga asosan iste'molchilarning elektr energiyasidan foydalanish qoidalari bo‘yicha o‘rganishlar olib borilganda elektr energiyasini o‘g‘irlashning yana bir “antiqa” usuli aniqlandi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘rganishlar mobaynida Jizzax shahridagi “Original Food Invest” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shahobchasida o‘rnatilgan “Mercury 230 ART” elektr hisoblagichidagi ishlab chiqaruvchi zavodning golografik muhriga ziyon yetkazilganligi shubha o‘yg‘otdi. Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida, ushbu turdagi elektr hisoblagichlar ishlab chiqaruvchining O‘zbekistondagi vakili – “Neotech Group” MChJga murojaat qilindi. Elektr hisoblagichning standart talablariga mosligi tekshirilganda elektr energiyasi o‘g‘irlangani ma'lum bo‘ldi. “Neotech Group” MChJning bergan xulosasiga ko‘ra, “Original Food Invest” MChJ ning elektr hisoblagichdagi zavod tomonidan o‘rnatilgan golografik muhr va kafolat yorlig‘i buzilganligi, eng muhimi – elektr hisoblagichning ichki xotira bloki almashtirib, boshqa hisoblagichning ichki xotira bloki o‘rnatilganligi oshkor bo‘ldi.  

Ushbu xolat bo‘yicha Jizzax shahri Majburiy Ijro Byurosi tomonidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va iste'molchi elektr tarmog‘idan uzildi.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Jizzax hududiy bo‘limi mutaxassisi xulosasi asosida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan, ya'ni iste'mol qilingan elektr energiyasi ko‘rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ko‘z bilan aniqlanmaydigan usulda o‘g‘irlangan turi uchun “Original Food Invest” korxonasi 302 mln. so‘m jarimaga tortildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech