29 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Energetika
9 Dekabr  2019 620

Elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish yagona vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub'ektlarini elektr tarmoqlariga ulanish tartibini soddalashtirish va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ 2020-yil 1-yanvardan boshlab iste'molchilarga o‘rnatilgan elektr hisoblagichlarni metrologiya xizmatlari qiyoslovidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilanadi. Qiyoslov bo‘yicha barcha xarajatlarni esa elektr ta'minoti tashkilotlari o‘z mablag‘lari hisobiga qoplaydi.

«Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish direksiyasi» MChJ «Hududiy elektr tarmoqlari» AJining filialiga aylantirish yo‘li bilan qayta tashkil etiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatini tashkil etish uchun ularning tarkibidagi tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan ajratmalar Soliq kodeksiga muvofiq soliq solish ob'ekti hisoblanmaydi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish asbobini quyidagi hollarda qiyoslovdan o‘tkazadi:

- davriy qiyoslashda;

- navbatdan tashqari qiyoslashda;

- o‘tkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini o‘tkazish zarurati vujudga kelganda;

- ekspert qiyoslashda.

Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati o‘n yilni tashkil qiladi.

Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan kamida bir oy oldin elektr ta'minoti korxonasi tomonidan iste'molchiga xabarnoma yozma yoki elektron (elektron pochta, messenjer, sms va boshqalar) ko‘rinishda taqdim etiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi tomonidan qiyoslashdan o‘tkazish uchun belgilangan reja asosida hisobga olish asbobini yechib olish uchun elektr ta'minoti korxonasi tomonidan vakolatli xodim yuboriladi.

Vakolatli xodim soat 8:00 dan 17:00 gacha iste'molchining hisobga olish asbobini yechib olish va o‘rnatish uchun kelish huquqiga ega.

Hisobga olish asbobi yechib olinganligi haqida uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi iste'molchiga beriladi, ikkinchi nusxasi elektr ta'minoti korxonasida hamda uchinchi nusxasi metrologiya xizmati organiga taqdim etiladi.

Metrologiya xizmati organi tomonidan hisobga olish asbobi uch ish kuni ichida qiyoslashdan o‘tkaziladi.

Hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqli deb topiladi va metrologiya xizmati tomonidan hisobga olish uskunasining qiyoslashdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtiriladi. Muhokamalar 20-dekabrga qadar davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech