16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Bilasizmi?
3 Iyul  2019 359

«Elektr samolyotni yasash mumkin», demoqda Mask

Ilon Maskning aytishicha, besh yildan so‘ng uzoq masofaga uchadigan elektr samolyotlari yaratilarkan. Bu haqda Tesla asoschisi Twitterdagi samolyot akkumulyatorlarini muhokama qilish paytida yozib qoldirgan.

Unga savol berildi: «Samolyot batareyalar yordamida ucha oladimi? Yoki buning uchun yetarlicha quvvatga ega batareyalar hali yaratilmaganmi?» Mask javob berdi: «Ucha oladi, lekin hozircha qisqa masofaga».

Muloqot davomida shuningdek, energiya zichligiga nisbatan reaktiv yoqilg‘i batareyalardan ustunroq ekanini yozgan. Batareyalar uchun 400 Vt/kg zichlik talab etiladi va ularni besh yil ichida yaratish mumkin ekan.

Biroq Mask Tesla yoki uning boshqa korxonasi elektr samolyotini ishlab chiqarishni rejalashtiryaptimi-yo‘qmi, qayd etmagan. Bundan sal ilgari vertikal uchish (VTOL) aeromobili loyihasiga ega ekanini ma'lum qilgandi, ammo uni seriyali ishlab chiqarilishi borasida hyech nima demagan.

Yangi bayonotga ko‘ra, hozirda batareyalar 300 Vt/kg energiya zichligiga ega. Maskning hisob-kitoblariga ko‘ra, 400 Vt/kg quvvatga ega elektr batareyalar samolyot parvoz qilishi uchun yetarli bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech