16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Transport
14 Sentyabr  2019 522

Toshkentga keltirilgan elektrobus bugundan yo‘nalishga qo‘yildi

Xabaringiz bor “Toshshahartransxizmat AJ va ”Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan ye420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobus keltirilgan edi.

Ushbu transport vositasini yo‘nalishga biriktirish oldidan mutaxassislar tomonidan elektrobusning texnik imkoniyatlari, quvvat sarfi o‘rganildi. Buning uchun u bir necha yo‘nalishlarda harakatlantirib ko‘rildi. Shundan kelib chiqib poytaxtdagi qisqa yo‘nalishlardan biri — 41-“Chilonzor 25-mavze — Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishi elektrobusni sinovdan o‘tkazish uchun har taraflama qulay, deb topildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar qiladi.

Ta'kidlash joizki, Chilonzor buyum bozori oldidagi tirbandlikni inobatga olib, elektrobus Chilonzor buyum bozoridan qaytishda qo‘shimcha yo‘ldan emas asosiy yo‘ldan harakatlanadi.

Elektrobus joriy yil 14-sentyabrdan yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech