17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Energetika
22 Iyul  2019 2871

Elektr energiyasi tarmog‘ini keng ko‘lamli islohotlar kutmoqda

O‘zbekiston hukumati tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va qisqa va o‘rta muddatli asosiy harakatlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasining loyihasi taqdim etildi.

Loyiha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasidagi islohotlar» mavzusidagi davra suhbati davomida taqdim etildi, unda davlat organlari, korxonalar, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining 150 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Olingan natijalarga ko‘ra, hamkorlar energetika sohasidagi islohotlar uning roli va mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini inobatga olgan holda rivojlanishning asosiy va eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishi kerakligini bir ovozdan tasdiqladilar. Ushbu sohadagi hamkorlik elektr energetika tarmog‘ining yangi korxonalarida korporativ boshqaruvni joriy etish va ularni tijoratlashtirish, moliyaviy barqarorlik va tarif islohotlari, investitsiyaviy rejalashtirish va xususiy sektorning ishtiroki yo‘nalishlari bo‘yicha davom etadi.

Xalqaro moliya institutlari O‘zbekiston hududida qator loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanini, xususan, Jahon banki guruhi tomonidan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJni modernizatsiya qilish dasturi uchun 300 million dollar ajratish, shuningdek, Navoiy viloyatida 1000 MVt quyosh energiyasi olish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarining navbatdagi bosqichi doirasida hamkorlik qilishini tasdiqladi. Bundan tashqari, xalqaro moliya korporatsiyasi va Jahon banki Sirdaryo viloyatida umumiy quvvati 2600 MVt bo‘lgan issiqlik elektr generatsiyasi bo‘yicha davlat-xususiy sheriklikning birinchi loyihasini tayyorlaydilar. Osiyo taraqqiyot banki va yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Tallimarjon IESida 900 MVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmalarini qurish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 MVt quvvatga ega shamol energiyasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi loyihani ishlab chiqish va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishni moliyalashtiradi.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va yevropa tiklanish va taraqqiyot banki guruhlarining qo‘shma bayonoti qabul qilindi va unda mamlakatimiz elektr energetika tarmog‘ini isloh qilish muhimligi, raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish zarurligi ta'kidlandi.

uzreport.news surati.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech