02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,8 °C

Raqamlashtirish
3 Mart  2020 678

«Elektron parlament» tizimi joriy etiladi

«2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» Prezident Farmoni imzolandi.

Farmoni bilan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar, joriy etiladigan tartib va amaliyotlar belgilandi.

Jumladan, Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida:

- 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida «Elektron parlament» tizimi joriy etiladi;

- Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi;

- 2020-yil 1-iyuldan Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qator masalalar yuzasidan axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi tatbiq qilinadi;

- 2020-yil 1-avgustdan boshlab Senatda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

2020-yil 1-iyulga qadar «Mening fikrim» veb-portalining mobil ilovasi ishga tushiriladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech