10 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,1 °C

Mamlakatimizda
21 Aprel  2020 725

Elektron uylanish

Xabaringiz bor, hozirgi murakkab epidemiologik vaziyatda ham Davlat xizmatlari markazlari va FHDYolar faoliyatini davom ettirmoqda.

Shunday xizmatlardan biri  bu nikohni qayd etish uchun arizalarni masofadan turib qabul qilish. Buning uchun quyidagi havoladan foydalanishingiz mumkin.

E’tibor bering, ushbu xizmatdan onlayn tarzda foydalanish uchun ikkala tomon ham elektron raqamli imzo olishi shart. (Kelin ham, kuyov ham). Ular yuqorida ko‘rsatilgan havoladan o‘tib, ariza to‘ldirishi kerak. Ushbu jarayonda to‘lov mavjud emas.

Ikkala tomon ham to‘ldirilganidan arizasini o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlashi shart. So‘ng ariza belgilangan hududiy FHDYo bo‘limiga kelib tushadi. Eslatamiz, arizalar 1 ish kunida qabul qilinadi.

Hozirda karantin davrida faqatgina arizalar qabul qilinadi. Karantindan so‘ng esa nikohlanuvchilar chaqiriladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma topshiriladi, deb xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech