17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Energetika
1 Iyun  2019 634

Elektrotexnika sanoatida 71 ta loyiha amalga oshiriladi

Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4348, 30.05.2019 y.)

Qaror bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Unga muvofiq, endilikda energiya tejamkor, arzon va sifatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Qaror bilan, 2019–2020-yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi” doirasida, elektrotexnika tarmog‘ida misni qayta ishlash quyidagi miqdorlarga yetkaziladi:

-2019-yilda – 44 ming tonnagacha;

-2020-yilda – 49 ming tonnagacha;

-2021-yilda – 55 ming tonnagacha.

Qarorga muvofiq, 2019–2021-yillarda elektrotexnika sanoatida 71 ta loyiha amalga oshiriladi va mazkur loyihalar uchun 558 mlrd 947 mln dollar sarflanadi.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-iyuldan:

-elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarini amalga oshirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 20 foizgacha narx preferensiyasi qo‘llaniladi;

-byudjet hisobidan quriladigan ob’ektlar uchun respublikada ishlab chiqariladigan elektrotexnika mahsulotlari sotib olinadi;

-elektrotexnika korxonalarining eksport bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning muddati 180 kun etib belgilandi (amaldagi qonunchilikka muvofiq mazkur muddat 120 kun);

-elektrotexnika korxonalarining o‘z ehtiyojlari uchun olib kiradigan texnologik uskunalari bo‘yicha to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati 270 kun etib belgilandi (amaldagi qonunchilikka muvofiq mazkur muddat 180 kun);

-elektrotexnika mahsulotlari uchun kreditlarning 1 mln dollardan oshmagan qismining foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, lekin kredit stavkasining 5 foizlik punktidan oshmagan miqdorda ikki yil qoplanadi.

Qaror bilan 2019–2021-yillarda mahalliylashtirish tavsiya etiladigan mahsulotlar tasdiqlandi.

Blender, mikser, elektr sharbat chiqargich, elektr go‘sht qiymalagich, soch quritgich, kompyuter va noutbuklar shular jumlasidandir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech