01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,3 °C

Sport
19 Fevral  2020 4070

Elmurat Tasmuradov beshinchi marta Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Xabar berganimizdek, musobaqani bugun klassik kurashchilar boshlab berishdi.

Bugungi bahslarda terma jamoamizning ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg) finalgacha yetib kelishdi. Afsuski, Ortiqboyev hal qiluvchi bellashuvda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Elmurat Tasmuradov esa finalda koreyalik Jingsu Songga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shu tariqa Tokio-2020 litsenziati 5 karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Yana bir vakilimiz Bekzod Umarov -77 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun qirg‘izistonlik Renat Iliaz Uluga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech